🤔Joriy yilning 4-aprel kuni Toxirshayx mahalla fuqarolari yig'inida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabi binosida xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Zebiniso Yusupova 2025-yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha saylovchilar oldida axborot berdi.
✅Ushbu tadbirda 19-Guliston saylov okrugiga qarashli barcha mahalla yettiligi, mahalla faollari, tuman kengashi deputatlari ishtirok etishdi.
✨Deputat qilingan murojaatlar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berganidan so’ng, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ayrim muammolarga ham to’xtalib o’tdi.