Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фуқароларнинг муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутатлар "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари билан шуғулланди.
янв.21
Депутат фуқаролар муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат фуқароларга маънавият улашмоқда.
янв.21
Депутат ижтимоий соҳа объектларидаги қурилиш ишларини ўз назоратига олди.
янв.21
Депутат "маҳалла еттилиги" билан аҳоли муаммоларини ўрганди.
янв.21
Депутат сайловчилар муаммоларини уйма-уй юриб ўрганди.
янв.21
Депутат бошчилигида кўчалар шағаллаштирилмоқда.
янв.21
Депутат ташаббуси билан уяли алоқа сифати яхшиланди.
янв.21
Депутат оилавий врачлик пунктидаги қурилиш ишларини ўрганди.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Shavkat Hasanov va Qo‘shrabot tuman hokimi aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

✅O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori Shavkat Hasanov hamda Qo‘shrabot tuman hokimi tumanda yashovchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi.

Dastlab, deputat Sh.Hasanov 2025-yilning 1-choragida amalga oshirgan ishlari to'g'risida o'z saylovchilariga hisobot berib o'tdi.

Uchrashuv davomida deputat Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, qishloq hududlarida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, u ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish orqali “yashil iqtisodiyot”ni shakllantirish borasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirdi.

Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va murojaatlarini bevosita deputat va hokimga yetkazish imkoniga ega bo‘lishdi. Deputat va tuman rahbari har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, mavjud masalalarning yechimiga doir amaliy tavsiyalar berdilar. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari orqali yetkazilishi, ularning ijrosi deputatlik nazorati ostida bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

✅Uchrashuv yakunida aholining minnatdorchiligi izhor qilindi hamda bunday ochiq muloqotlar doimiy ravishda davom ettirilishi zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3