🔰Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyatining birinchi chorakda bajarilgan ishlari haqida batafsil axborot berar ekan, hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholining turmush darajasini oshirish, infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirish, yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan muhim chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
🔰Shuningdek, deputat tomonidan kelgusi davr uchun belgilangan ustuvor vazifalar, ayniqsa mahallalarda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, ularni deputatlik vakolati doirasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasidagi reja va tashabbuslar bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdim etildi.
🔰Uchrashuv so‘ngida saylovchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va murojaatlar eshitilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.