Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Raxmatjon Maksumov tomonidan Sayqal mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Prezident Murojaatnomasi – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim dastur
янв.21
Ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili
янв.21
Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyati hududlarga chiqib aholi o‘rtasida yetkazilmoqda.
янв.21
Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyati hududlarga chiqib aholi o‘rtasida yetkazilmoqda.
янв.21
Deputat va yoshlar
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ulug‘ yo‘l mahallasida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va “Yashil makon” loyihasi ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi A. Agzamxodjayev Guliston shahriga tashrif buyurdi.
янв.21
INFOGRAFIKA
KENGASH FAOLIYATI :

KENGASH FAOLIYATI : 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 15 ta masala kiritilgan bo'lib:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kunidagi Respublika Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqidan kelib chiqib tumanda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha 2025-yil mart oyida amalga oshirilgan ishlarning holati haqida mas’ullarning hisobotini eshitish to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438 sonli “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish 

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti to‘g‘risida. 

3. O‘zbekistan Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha yoshlar bilan uchrashuvi yakunlari natijadorligini muhokama qilish to‘g‘risida. 

4. O‘zbekiston Respublikasi aerogeodeziya markazi Farg‘ona hududlararo bo‘linmasining Jarqo‘rg‘on tumanidagi shaharcha va qishloqlar chegaralarini belgilash natijalari haqidagi 2025-yil 24-fevraldagi 5-2025/29-sonli komissiya xulosalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumanida vegetatsiya davrida qishloq xo‘jalik ekinlarini so‘g‘orish uchun suv olish limitini tasdiqlash bo'yicha hisobot va ma'ruzalarini tinglab, sessiyada muhokama qilib va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif, fikr-mulohazalarni inobatga oliib tegishli qarorlar qabul qilindi va tasdiqlandi. 

Kun tartibidagi qolgan 10 ta masala xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalarida ko'rib chiqilb, tasdiqlash uchun sessiya kun tartibiga kiritildi. 

 📌 Sessiyaning to'liq ishini Kengashning you tube )sahifasi orqali kuzatishingiz mumkin.

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati 

Slide 1 of 1