35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI

#qonun_targʻiboti Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi, deputat D.Safarova O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonuni (№913-XII) ijrosini ta’minlash va mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida tumanimizdagi "Fayzova" MFY idorasida bo‘ldi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi bilan birgalikda qonunchilik talablarining joylardagi ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash va hududiy muammolarni tizimli hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.