Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xazratova, mazkur doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakili G.Mirzayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Muqimov ishtirokida Nurobod tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i A. Abiyevning hisobotini har tomonlama va xolisona tayyorlash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganish davomida sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, tibbiy hujjatlarni
D-MED axborot tizimi orqali yuritish, qog‘oz shaklidagi hujjatlar aylanishidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda tibbiyot muassasalarida ish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, D-MED tizimining amaliyotga joriy etilish holati, elektron tibbiy hujjatlar bilan ishlash sifati, ma'lumotlarni tizimga o‘z vaqtida va to‘liq kiritish, tibbiyot xodimlarining mazkur platformadan foydalanish ko‘nikmalari hamda raqamlashtirish jarayonida uchrayotgan mavjud muammolar o‘rganildi.

Mas'ullar tomonidan tizimning afzalliklari, xususan, tibbiy xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish, ma'lumotlar almashinuvini soddalashtirish, inson omilini kamaytirish hamda boshqaruv samaradorligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Slide 1 of 2