Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xazratova hamda mazkur doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakili G.Mirzayeva hamkorlikda tumandagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-son "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirish, kiberjinoyatlarning oldini olish, firibgarlik va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan batafsil ma'lumotlar tinglandi.

Shuningdek, qonun talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish, fuqarolarni kibermakondagi tahdidlardan ogohlantirish, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlarining oldini olish, profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 1