Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Shahar IIB boshlig‘ining 2026-yil birinchi yarim yilligida shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti” yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla profilaktika inspektori M.Eshonxo‘jayev bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda mahallada amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, himoya orderi berilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, muqaddam jinoyat sodir etgan fuqarolarni ijtimoiy moslashtirish va takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish, nazoratga olingan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik suhbatlar hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, "mahalla yettiligi" hamkorligini kuchaytirish, xavf guruhiga kiruvchi fuqarolar bilan individual ishlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, bu boradagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2