Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy davr mobaynida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi dolzarb muammolarni bartaraf etish borasida “mahalla yettiligi” bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik hamda ushbu hamkorlikning amaliy natijalari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mahalliy Kengash deputatining vakolatlari, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda aholi murojaatlarini qonunchilik asosida ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, aholining huquqiy bilimlarini oshirish va huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan ham saylovchilar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4