Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Deputatlik so‘rovi yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan saylovchi murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Qo‘qon shahar Kadastr bo‘limi tomonidan murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr agentligi mutaxassislari tomonidan fuqaro bilan bevosita bog‘lanilib, huquqni belgilovchi hujjatlarni tiklash, meros huquqini rasmiylashtirish hamda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani qonunchilik talablari asosida hal etish bo‘yicha fuqaroga tegishli idoralarga murojaat qilish tartibi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bosqichlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Deputat Sh.Nazarova tomonidan mazkur murojaat ijrosi nazoratga olinib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda masalaning amaliy yechimiga erishish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi