Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati binosida kotibiyat mudiri X. Berdiyarova, tuman hokimining o‘rinbosari K. Abdaliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining Boyovut tumani bo‘limi mudiri I. Xayitov ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash tizimi, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijrosini samarali tashkil etish hamda mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar tahlil qilinib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash, mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlarini har tomonlama puxta o‘rganish, ularni o‘z vaqtida va sifatli hal etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 4