Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
TUMAN KENGASHI RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV RAHBARLIGIDA KIBERJINOYATLARNING OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi raisi Faxriddin Dadamatov rahbarligida axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.Seminarda mahalla raislari hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, fuqarolarni kiberjinoyatlardan himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida internet firibgarligi, bank plastik kartalari bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda fuqarolarni turli kiberxavflardan ogohlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Seminar davomida Kengash raisi Faxriddin Dadamatov so‘zga chiqib, kiberjinoyatlarga qarshi kurashda mahalla institutining o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek har bir mahallada fuqarolarni, ayniqsa,keksalar va yoshlarni kiberxavfsizlik qoidalari bo‘yicha muntazam xabardor qilib borish zarurligini aytib o`tdi.Shuningdek, mahalla raislariga aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, shubhali qo‘ng‘iroqlar, soxta havolalar va internet orqali sodir etilayotgan firibgarliklardan ogoh etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar
berildi.Seminar yakunida kiberjinoyatlarning oldini olishda mahalla institutining mas’uliyatini yanada oshirish hamda barcha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash muhim vazifa ekani alohida
ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 3