Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
#KengashQarori #Ekspertguruhi INKLYUZIV TA’LIM E’TIBORDA: 21-sonli maktabda maxsus xona ta’mirlanishi deputatlik nazoratiga olindi.

Tashrifdan maqsad — shahar Kengashi qarori asosida maktabda tashkil etilishi va ta’mirlanishi belgilangan inklyuziv xonaning holati bilan yaqindan tanishish hamda qurilish jarayonlarini muvofiqlashtirishdan iborat.

Kengash raisi va ekspert guruhi a’zolari maktab ma’muriyati hamda mutaxassislar bilan uchrashib, inklyuziv ta’lim xonasini zamonaviy standartlar asosida jihozlash masalalarini muhokama qildilar.

O‘rganish davomida ma’lum qilinishicha, ushbu xonani bolalar ehtiyojlariga moslashtirgan holda ta’mirlash uchun quruvchilar tomonidan barcha kerakli o‘lchov ishlari to‘liq yakunlangan.

Maktab mutasaddilari yaqin kunlarda xonada qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlariga jadal kirishilishini hamda yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirilishini ta’kidlashdi.

"Inklyuziv ta’lim — bu shunchaki sinf xonasi emas, bu bolajonlarimizning jamiyatga integratsiyalashuvi, o‘z tengdoshlari bilan birga kamol topishi uchun muhim ko‘prikdir. Kengashimiz qarori bilan ajratilgan mablag‘lar evaziga ushbu xona barcha xavfsizlik va qulaylik talablariga javob beradigan qilib ta’mirlanishi shart. Biz loyihaning boshlanishidan to yakuniga qadar barcha jarayonlarni qat'iy nazorat qilamiz," — dedi Kengash raisi.

Ekspert guruhi a’zolari tomonidan xonani jihozlashda bolalarning jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, maxsus mebellar va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash bo‘yicha maktab rahbariyatiga amaliy tavsiyalar berildi. Xonaning foydalanishga topshirilish sifati Kengashning doimiy nazoratida qoladi.

Slide 1 of 3