Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-"Yangi obod" saylov okrugidan saylangan deputat G.Payg‘amova tomonidan Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazida O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-395-sonli “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davom ettirildi.

O‘rganish jarayonida Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazi boshlig‘i D.Mirzaaxmedov bilan uchrashuv o‘tkazilib, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari sifati, qulayligi hamda ularni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Markaz rahbari tomonidan bugungi kunda aholi va tadbirkorlik subyektlariga 450 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi. Jumladan, xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini olish va almashtirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda boshqa ko‘plab davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatib kelinayotgani haqida batafsil axborot berildi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish hamda xizmatlardan foydalanish jarayonlarini yanada soddalashtirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida deputat G.Payg‘amova tomonidan elektron davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalari bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3