Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-"Yangi obod" saylov okrugidan saylangan deputat G.Payg‘amova tomonidan "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-grafik asosida navbatdagi saylovchilar qabuli, uchrashuv va o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Uchrashuvni tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Ochiq muloqot davomida mahalla aholisining murojaat va takliflari tinglanib, hududdagi mavjud ijtimoiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganish asosida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida "To‘g‘onboshi" MFY, Obod yurt ko‘chasi 2-uyda yashovchi fuqaro Ziyayeva Barno Baxodirovnaning uy-joyi ta’mirtalab ekani aniqlandi. Deputat tomonidan fuqaroning xonadoni joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, mavjud holat batafsil o‘rganildi.

Mazkur murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaroning uy-joyini ta’mirlash masalasini ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi. Ushbu masala deputat nazoratiga olinib, uning ijrosi yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4