Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Shu munosabat bilan bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova hamda Kengash kotibiyati xodimi A.Temirov deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

💬O‘rganish jarayonida:

🟢"Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

🟢tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni aniqlash, ularni ijtimoiy, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi;

🟢og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, himoya orderlarini rasmiylashtirish va ularning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;

🟢ayollar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va ijtimoiy himoya choralari;

🟢jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati, ijro intizomi hamda sohaga oid hujjatlarning yuritilishi atroflicha o‘rganildi.

💬Shuningdek, bo‘lim xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, sohadagi mavjud muammolar, qonunchilik ijrosini yanada samarali tashkil etish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar sifatini oshirish yuzasidan fikr va takliflar muhokama qilindi.

🫥O‘rganish davomida aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamalariga kiritilishi hamda tegishli qarorlarda aks ettirilishi uchun Kengash kotibiyatiga taqdim etiladi.

Slide 1 of 4