Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
YOSHLAR MUAMMOLARINI HAL ETISHDA ENG FAOL DEPUTAT E’TIROF ETILDI


#Munosabat

🇺🇿 YOSHLAR MUAMMOLARINI HAL ETISHDA ENG FAOL DEPUTAT E’TIROF ETILDI

🎉 Yoshlar muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlarini samarali hal etish borasidagi faoliyati uchun Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismailov Samandar Sadriddin o‘g‘li Respublika miqyosida "Yoshlar muammolarini hal etishda 30 ta eng faol mahalliy Kengash deputati" safidan munosib o‘rin oldi.

⚡️ Mazkur e’tirof deputatning yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolariga amaliy yechim topish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda olib borilayotgan islohotlarda faol ishtiroki va fidokorona mehnati natijasidir. Ushbu yuksak e’tirof kelgusida ham yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

🌟 Samandar Ismailovni Olmazor tumani rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonamiz va ushbu munosib e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

✨ Shaxnoza Umarxodjayeva
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi.

Slide 1 of 1