Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda

Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan 3-"Istirohat" saylov okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🗂 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-iyundagi PQ–234-son "Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, shuningdek, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining eng muhim 24 ta yo‘nalishi ijrosi doirasida Shaftolizor mahallasi hududida tashkil etildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Shaftolizor MFY raisi Abzaljon Roziqov hamda "mahalla yettiligi" a’zolari ishtirok etdi.

📇 Joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganish davomida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi, obodonlashtirish ishlari, mavjud infratuzilma, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar hamda yoshlar bandligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

📝 Undan tashqari ushbu ko'chama-ko'cha yurish natijasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "Uchtepa tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida" 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan asfaltlash ishlari ham ko'zdan kechirildi.

🕯 Bunday manzilli o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda aholi uchun yanada qulay va obod yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6