Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Bugun 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Sardoba tumanidagi “Xonzoda” tantanalar saroyida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirda Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov, sog‘liqni saqlash sohasi vakillari, tajribali hamshiralar, tibbiyot faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bayram tadbiri davomida inson salomatligini saqlash, bemorlar dardiga malham bo‘lishdek sharafli va mas’uliyatli kasb egalarining jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzi alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, hamshiralar o‘zining fidokorona mehnati, mehr-muruvvati, sabr-toqati va kasbiga sadoqati bilan minglab insonlar qalbidan joy olib kelmoqda.
Tuman hokimi deputat Ziyadulla Karimov o‘z so‘zida sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan hamshiralarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning xalq salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatli mehnatini yuksak qadrlashini bildirdi. Shuningdek, bugungi kunda tibbiyot sohasini rivojlantirish, tibbiyot xodimlari uchun munosib sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.
Tadbir davomida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, o‘z kasbiga fidoyilik bilan xizmat qilib kelayotgan bir guruh hamshiralar va tibbiyot xodimlariga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar, dilrabo musiqiy chiqishlar va samimiy tabriklarga ulanib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Fursatdan foydalanib, barcha hamshiralarimizni 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Sizlarning mashaqqatli va sharafli faoliyatingiz, inson salomatligi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz har doim yuksak e’tirofga loyiqdir.

Slide 1 of 6