Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Sardoba tumanida kompleks uchrashuvlar: rivojlanish loyihalari va aholi murojaatlari

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umum­milliy dasturi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbir davomida deputat tuman hokimi Ziyodulla Karimov xamda tuman deputati Jasur Umarovlar bilan uchrashib, hududdagi infratuzilmani yaxshilash, aholining oqar suv bilan ta’minoti, sanoat zonasini tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, naslli jo‘jalar yetishtirish, baliqchilikni rivojlantirish va investorlar ishtirokida istirohat bog‘lari barpo etish orqali 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, deputat “Xalqobod” mahallasidagi 1-sonli texnikumda o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qildi hamda ularning muammo va takliflarini tingladi. Tadbir davomida “Yurtdosh” mahallasida qurilayotgan jamoat parki ko‘zdan kechirildi, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida esa “Quyitosh” mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan Barno Djiyanovaning
uy-joyini ta’mirlash va hovlisini obodonlashtirish bo‘yicha murojaati joyida hal etilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4