Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Faizieva Feruza Mardonovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Murojaatda Navoiy shahar M. Tarobiy ko‘chasi 46-B-uy hamda ZGG uylarida yashovchi fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasi — “Humo Zilola Plyus” MChJ faoliyatidan norozilik bildirilgan. Xususan, kirish eshiklaridagi domofon tizimlari to‘liq ishlamasligi, “jiton”lar (kirish kalitlari) to‘liq taqsimlanmagani, tashqi kuzatuv kameralarining ishlamasligi, shuningdek, kirish yo‘laklaridagi videokuzatuv tizimlari nosoz holatda ekani qayd etildi.

Fuqarolar tomonidan ta’kidlanishicha, natijada ko‘p qavatli uylar kirish qismlarida xavfsizlik darajasi pasaygan, kirib-chiqayotgan shaxslarni nazorat qilish imkoniyati mavjud emasligi aholida asosli e’tirozlar uyg‘otmoqda.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 5