Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B. Suyunov tomonidan “Birlik” mahallasida xususiy-davlat sherikchiligi asosida tashkil etilgan “Mamoqaymoq” maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati oʻrganildi. Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim-tarbiya jarayoni, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda bolalar xavfsizligini ta'minlash masalalari atroflicha koʻzdan kechirildi.

Oʻrganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, oʻquv jihozlari bilan ta'minlanganlik darajasi, bolalarning sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlanishi va tarbiyachilarning kasbiy faoliyatiga alohida e'tibor qaratildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, maktabgacha ta'lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda xususiy-davlat sherikchiligi asosidagi loyihalar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur oʻrganish ishlari yosh avlodning barkamol voyaga yetishi uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida baholandi.

Slide 1 of 2