Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASI TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari T.Rahimov hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakili va O‘rtaboz mahallasi raisi bilan hamkorlikda 24-O‘rtaboz saylov okrugida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔷O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni ijrosi savolnoma asosida atroflicha tahlil qilindi.

🔷Xususan, muassasada bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya bilan qamrab olinishi, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagog xodimlar faoliyati, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔷Shuningdek, qonun talablarining amaliy ijrosi, ta’lim sifatini oshirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

🔷O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish hamda bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3