Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA TINGLANDI
янв.21
Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi
янв.21
6-sonli umumta`lim maktabidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Yangi Hayot mahallasidagi 4-son MTTda ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ajratilgan hudud o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
JAMOATCHILIK NAZORATI.

Xalq deputati Bo‘zatov tumani Kengashi 3-sonli "Madaniyat" saylov okrugidan (O‘zXDP) saylangan deputat G.Yusupova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Alimov bilan birgalikda o‘z okrugi hududidagi Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga doimiy e’tibor qaratish maqsadida jamoatchilik nazorati tadbirini o‘tkazdi.

Jumladan, deputat ishtirokida "Bo‘zatov" PFJ hududidagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning, savdo faoliyatining tashkil etilishi, aholini zarur iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash holati va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish holatlari hamda ayrim tadbirkorlar tomonidan narxni sun’iy ravishda ko‘tarishga harakatlar bo‘yicha hududdagi oziq-ovqat do‘konlarini o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar jarayonida sotuvdagi oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoiti, sanitariya talablariga rioya etilishi, mahsulotlar sifati va narxlarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 3