Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
infografika
янв.21
Aholi murojaati deputat e’tiborida
янв.21
“Boyovut tuman tajribasi” asosida tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ni ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar olib borilmoqda.Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga
3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li o‘zi saylangan okrugdagi “Qayilma” MFYda bo‘lib, hududdagi mavjud holat hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish davomida “Qayilma” MFY profilaktika inspektori Qo‘shmahamatov Ulug‘bek Ilhom o‘g‘li bilan birgalikda aholidan tushayotgan murojaatlar, fuqarolar osoyishtaligi hamda hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ayniqsa, jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “qizil” va “sariq” hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.Ma’lum qilinishicha, “Qayilma” MFYda 2025–2026-yillarning shu davrigacha 4 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, mazkur holatlar yuzasidan profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan. Xususan, 2026-yilda mahalla hududiga 20 dan ortiq yuzni tanib oluvchi va videokuzatuv kameralari o‘rnatilgani qayd etildi. Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan haftaning har payshanba kuni mahalla yoshlari bilan jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazib kelinayotgani, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida muntazam tushuntirish ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi. Muloqot jarayonida profilaktika inspektorining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglanib, uning xizmat faoliyati, mas’uliyat darajasi hamda alohida nazorat talab etuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Deputat tomonidan bu boradagi jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.Shuningdek, mahallada jinoyatchilikning oldini olish va “Xavfsiz mahalla” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘chalarni videokuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olish, aholi kam qatnovchi va hilvat hududlarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
  

Slide 1 of 2