Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
TIBBIYOT MUASSASASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

⚡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov, tuman Kengashi deputati D.Xushvaqtov hamda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi bilan hamkorlikda tumandagi Girdiqo‘rg‘on mahallasida joylashgan 3-son oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi.

💬O‘rganish davomida mazkur oilaviy shifokorlik punkti 2025-yilda joriy ta’mirdan chiqarilgani, muassasada aholi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaqindan tanishildi.

✔️Shuningdek, bugungi kunda muassasada ayrim tor doiradagi mutaxassislarga ehtiyoj mavjudligi, xususan, akusher-ginekolog shifokori yetishmasligi aniqlanib, ushbu masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

✏️Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4