Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori

Beruniy tumani MMTBga qarashli 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati (O‘zLiDeP) R.Yuldasheva ham ishtirok etib, yoshlar tarbiyasi va jamiyatdagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuvda qaysi mavzularga urg‘u berildi?
✅ Imkoniyatlar: Yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanish;
✅ Mafkuraviy immunitet: Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish va yot g‘oyalardan asrash;
✅ Raqamli madaniyat: Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish;
✅ Sog‘lom hayot: Giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish;
✅ Odob-axloq: Milliy qadriyatlar, kiyinish va muomala madaniyati.
📌 Eslatib o‘tamiz: Farzandlarimiz tarbiyasiga bugun befarq bo‘lmaslik - tinch va farovon kelajak garovidir.