Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_Haftalik_ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida mahalla va hududlarda tashkil etiladigan chora-tadbirlar kalendar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida tuman Yoshlar ishlari bo‘limi rahbarining hisoboti eshitildi.

Hisobot davomida tumanda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, “Yoshlar daftari” orqali ko‘makka muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniy tadbirlarni kengaytirish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda ularning muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida kasb-hunarga o‘qitish, subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan tegishli savollar berilib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar bildirildi. Ayniqsa, mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, sport to‘garaklari faoliyatini kengaytirish va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida Yoshlar ishlari tuman bo‘limining faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni tizimli davom ettirish bo‘yicha tegishli qaror va tavsiyalar qabul qilindi.
Slide 1 of 3