Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
Mahalla infratuzilmasi deputat nazoratida

Mahalla infratuzilmasi deputat nazoratida

️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Shamsutdin Oripov, tuman Kengashi raisi M.Ashurov hamda tuman Kengashi deputati Sh.Davlatov tomonidan tumandagi “Jannatmakon” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

️ Deputatlar aholi murojaatlari asosida mahallaning ichki ko‘chalarini ko‘zdan kechirdilar.

Aniqlangan asosiy muammolar:

️ Ichki yo‘llar: Mahalladagi bir nechta ko‘chalarning ta’mirtalab ekani, yog‘ingarchilik mavsumida harakatlanishda qiyinchiliklar bo‘layotganligi to‘g‘risida aholi tomonidan bildirilgan e'tirozlar deputatlarning e’tiborini tortdi.

️ Ichimlik suvi: Aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida olib borilayotgan ishlar joyida o‘rganildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xususan, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish va asfaltlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 3