Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
Dasturlar ijrosi o'rganilmoqda

Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-17-169-3-46-K-sonli qarori bilan tasdiqlangan tumanda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha Kichik dastur ijrosi yuzasidan belgilangan loyihalarning amalga oshirilish holati Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

Tumanning barcha hududlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, ekin maydonlaridan samarali foydalanish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida 1911 gektar yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o'rganildi.

Slide 1 of 4