Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Marina Murzametova Yunusobod tumanidagi Ahilobod mahallasi, 13-kvartalda joylashgan 246-maktabda bo‘lib, 9-, 10- va 11-sinf qizlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi.
“Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvda 54-oilaviy poliklinika shifokori Antonova O.I. hamda 246-maktab direktori Yuzlikayeva E.R. ishtirok etdi.
Suhbat davomida o‘quvchi-qizlarga sog‘lom ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, jismoniy faollik, zararli odatlardan saqlanish hamda salomatlikka mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tushunchalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!