Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi A.Mahkamov tomonidan shahardagi 1-oilaviy poliklinikada sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud holat yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida, ayniqsa, aholiga bepul berilishi belgilangan dori vositalarining ta’minoti va ulardan foydalanish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi 382-son qarori ijrosi doirasida o‘rganildi.

Oʻrganishda poliklinikadagi dori vositalariga “Sotish taqiqlanadi” muhri bosilgani, dori vositalari kirim-chiqim jurnali yuritilayotgani hamda preparatlarning yaroqlilik muddati mavjudligi aniqlandi. Bu esa dori vositalarining hisobini yuritish va nazorat qilish ishlari ma’lum darajada yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan 120 turdagi bepul dori vositalaridan ayni paytda poliklinikada 44 turdagisi mavjud ekani ma’lum bo‘ldi. Bu holat aholining ayrim turdagi dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash masalasida hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar mavjudligini ko‘rsatadi.

O‘rganish jarayonida ayrim kamchiliklar ham qayd etildi. Xususan, muassasada bepul berilishi belgilangan dori vositalari ro‘yxati bemorlar va fuqarolar uchun ko‘rinarli joylarga joylashtirilmagani aniqlandi.
Mazkur holat aholining bepul tibbiy xizmat va dori vositalari bilan ta’minlanish borasidagi huquqlari to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, mas’ullarga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5