Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 4-MAYDAN 8-MAYGACHA AMALGA OSHIRILGAN HAFTALIK ISHLAR SARHISOBI.

❤️ 4-may, deputat Matg'oziyev Olimjon Qobulovich tomonidan oʻz saylangan okrugi hududida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan oʻrganishlar olib borildi.

❤️ 5-may, korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olish, xizmat intizomini mustahkamlash, shuningdek har bir xodimning o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan va mas’uliyat bilan bajarishini ta’minlash borasida yig'ilish o'tkazildi. Deputat A.G'oziyev mazkur tadbirda ishtirok etdi.

❤️ 6-may, deputatlar tomonidan oʻz saylangan okrugi hududida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida hududiy oʻrganishlarni amalga oshirildi.

❤️ 7-may, payshanba kuni tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha Yangi O'zbekiston dasturi loyihasi hamda og'ir mahalla dasturiga tushgan hududlarda olib borilayotgan infratuzilma va qurilish ishlari asosida hududiy oʻrganishlarni amalga oshirildi.

❤️ 8-may, saylovchilar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazildi.

Hafta davomida tuman Kengashi kotibiyati mudiri haftalik ish rejasiga asosan viloyat deputatlari bilan birgalikda tumanda olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlarining borishi yuzasidan joylarga chiqqan holda o'rganishlar olib bordi.
Deputat M.Xuriboyev texnikum bitiruvchilari bilan suhbat o'tkazdi.
PQ-62 qaror bo'yicha joylarda deputatlar tomonidan nazoratlar o'tkazildi.
9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan deputatlar tumanda istiqomat qiluvchi urush faxriysining xolidan xabar oldilar.

Olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni taʻminlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga alohida eʻtibor qaratildi.

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Sh.Shamsiddinov M.G'ulomov
BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATING;
📱 Web.sayt 📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
Slide 1 of 3