Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
Davlat tili – milliy qadriyat va taraqqiyot mezoni!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova hamda ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari X.Turdiyev va J.Ochilovlar bilan birgalikda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

✍️Mazkur o‘rganish doirasida tumandagi 1-son sport maktabi faoliyati ko‘zdan kechirilib, muassasada davlat tilining qo‘llanish holati, ish yuritish hujjatlarining yuritilishi, targ‘ibot va tashviqot ishlari, yozuvlar va ko‘rgazmali vositalarning amaldagi talablarga mosligi tahlil qilindi.

✅O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, davlat tilining nufuzini yanada oshirish, uni amaliyotda to‘laqonli qo‘llashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

📈Bu kabi o‘rganishlar davlat tiliga hurmatni mustahkamlash, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5