Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
infografika
янв.21
Aholi murojaati deputat e’tiborida
янв.21
“Boyovut tuman tajribasi” asosida tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ni ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
#tavsiyalar_asosida_aholi_bandligi

#tavsiyalar_asosida_aholi_bandligi

Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Jarayon davomida mahallada faoliyat yuritayotgan go‘zallik saloni ko‘zdan kechirilib, unda yaratilgan ish o‘rinlari, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari va ayollarning amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Suhbatlar davomida xotin-qizlarning tadbirkorlikka kirib kelish tajribasi, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonlari hamda daromad manbalarini shakllantirish borasidagi yondashuvlari tinglandi. Shuningdek, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish holati yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida ayollar bandligini ta’minlashda amaliy yondashuv, o‘zini o‘zi band qilish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish muhim omil ekani yana bir bor namoyon bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish orqali barqaror daromad manbalarini yaratish mumkinligi qayd etildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 3