Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

Joriy yilning 30-aprel kuni xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari, hamda hisobdor tashkilot xodimlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda shahar favqulotda vaziyatlar bo‘limining “2026-yilning I choragi davomida shaharda favqulotda vaziyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti, shahar ichki ishlar
bo‘limining “Shaharda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni ijrosi yuzasidan 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida” gi hisoboti hamda xalq deputatlari shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari
bo‘yicha doimiy komissiyasining
shahar soliq inspeksiyasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqildi. Doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert guruhi a’zolari hisobotlar yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Doimiy komissiyasi tomonidan ushbu masalalarni xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan xulosa berildi. 

   

Slide 1 of 6