Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
infografika
янв.21
Aholi murojaati deputat e’tiborida
янв.21
“Boyovut tuman tajribasi” asosida tasdiqlangan “Yo‘l xarita”ni ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Sog‘lom avlod uchun munosib sharoitlar.  

 📌 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi S.Eshbayev hamda Kengash deputati J.Usmonovlar 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktabda o‘quvchi yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. 

 O‘rganish jarayonida maktabning sport zali, mavjud sport jihozlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, pedagoglar
bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va ehtiyojlar muhokama qilindi. 

 🏸Natijada sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan gimnastik matlar, o‘rindiqlar hamda sport koptoklari jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. 

  Mazkur masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, maktablarda sport infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi. 

  ✍️ Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 4