DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
📨 Tuman Kengashi deputati Yakubjon Berdiyarov tomonidan qonunchilikka muvofiq, Oqoltin tumani Suv ta’minoti bo‘limi rahbari Po‘lat Kurakbayev nomiga deputatlik so‘rovi
yuborildi.
💦So‘rovda ko‘tarilgan masala:
“Andijon” mahallasi A.Temur va Nurli yo‘l ko‘chalaridan 7-sonli umumta’lim maktabi va 3-sonli DMTTga o‘tkazilgan ichimlik suvi quvuri yorilganligi sababli ichimlik suvi tashqariga chiqib ko‘lmakcha hosil qilgan. Ichimlik suvi to‘xtagan vaqtda ko‘lmakchadagi suvlar quvurga qaytib kirib, ichimlik suvining sifatini buzmoqda. Ushbu holat aholining noroziligiga sabab bo‘layapti. “Andijon” MFYning “mahalla yettiligi” tomonidan masalani hal etishda amaliy yordam so‘rab murojaat tushdi.
✅ Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati