Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol MFYda lotok o‘rnatish ishlari nazoratga olindi
янв.21
Kengash qarori
янв.21
Hudud tinchligi — ustuvor vazifa: muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qaror ijrosi amalda: o‘rganish natijalari
янв.21
Aholi muammolari – deputat e’tiborida: Boʻstin mahallasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o`rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimligining Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat tadbiri natijalari bo‘yicha
янв.21
Tibbiy xizmat ko‘rsatish holati
янв.21
Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Qaror ijrosi o`rganildi
Deputat faoliyati

Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri Magripova Ro‘zigul Toshniyozovna fuqarolar murojaatlari yuzasidan aholi xonadonlarida bo‘lib, mavjud masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi. 

Uchrashuvlar davomida ijtimoiy yordam, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma va boshqa dolzarb muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

Har bir murojaat alohida qayd etilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida ko‘rish va tezkor yechim topish – deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. 

Bu kabi uchrashuvlar aholi ishonchini mustahkamlash va hududda mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3