Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Guliston shahrida jamoat transporti: yangilanishlar va dolzarb masalalar
янв.21
Bog‘ishamol MFYda lotok o‘rnatish ishlari nazoratga olindi
янв.21
Kengash qarori
янв.21
Qaror ijrosi amalda: o‘rganish natijalari
янв.21
Hudud tinchligi — ustuvor vazifa: muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Aholi muammolari – deputat e’tiborida: Boʻstin mahallasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o`rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimligining Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat tadbiri natijalari bo‘yicha
янв.21
Tibbiy xizmat ko‘rsatish holati
янв.21
Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi faoliyatidan

📌 Yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tashabbusi bilan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarlari ham qatnashdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning iqtisodiy va moliyaviy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda yoshlar muammolari va takliflarini tinglash bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar:

💡tuman iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha yoshlar tashabbuslarini muhokama qildi;

💡moliyaviy savodxonlikni oshirish, startap va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z tajriba va fikrlarini bildirdi;

💡yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollik va samarali hamkorlikni kuchaytirish yo‘llarini muhokama qildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi hamda kelgusida hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Slide 1 of 5