Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
ICHKI YO‘LLAR HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

ICHKI YO‘LLAR HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Toxirov tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash choralari belgilangan. Ushbu vazifalar doirasida 2025-yilning 3-aprel kuni xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining VII-7-32-8-118-K/25-sonli qarori qabul qilingan edi.

O‘rganish jarayonida:

Deputat S.Toxirov "Yangi ro‘zg‘or" MFY hududidagi ichki ko‘chalarda olib borilgan asfaltlashtirish ishlarining sifati va hajmini ko‘zdan kechirdi.

Aholi uchun yaratilgan qulayliklar, yo‘llarning bugungi holati va belgilangan reja asosida bajarilgan ishlar tahlil qilindi.

Mahalla faollari bilan muloqot qilinib, yo‘llarni saqlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

Hududlarda yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari qat’iy deputatlik nazorati ostida davom etmoqda.

Slide 1 of 1