Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri o‘z saylov okrugdagi faoliyatidan lavhalar.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorida hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalar asosida, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan joylardagi muammolarni aniqlash va ularga amaliy yechim topishda o‘zaro hamkorlikda ish olib borish belgilangan.

 Kotibiyat mudiri Sh.Abdusamatov mahalla kengashi a’zolari bilan mahalladagi muammolarini hal etishda aholi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashdi.  

Mahalladagi 13-umumta’lim maktabida, ta’lim sifatini oshirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. 

Kotibiyat mudiri Sh.Abdusamatov va faollar issiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirar ekan, bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadini ko‘paytirish va ichki bozorda arzon hamda sifatli mahsulotlar yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

Slide 1 of 4