Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol MFYda lotok o‘rnatish ishlari nazoratga olindi
янв.21
Kengash qarori
янв.21
Hudud tinchligi — ustuvor vazifa: muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qaror ijrosi amalda: o‘rganish natijalari
янв.21
Aholi muammolari – deputat e’tiborida: Boʻstin mahallasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o`rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimligining Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat tadbiri natijalari bo‘yicha
янв.21
Tibbiy xizmat ko‘rsatish holati
янв.21
Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Qaror ijrosi o`rganildi
Deputatlik so‘rovi ijobiy echim topdi

Aholi manfaatlarini himoya qilish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish — xalq vakillarining eng muhim vazifalaridan biridir. 

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadoqat Nurmamatova tomonidan hududdagi 22- son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuzaga kelgan muammo yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur bog‘chada ichimlik suvi tarmog‘i uch yildan buyon nosoz holatda bo‘lib, ta’lim muassasasida suv ta’minotining uzilib qolishiga sabab bo‘lgan. Bu esa ta`lim tashkilotida jiddiy muammoga aylangan edi.

Deputat tomonidan vaziyat o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Natijada muammo qisqa muddatda o‘z yechimini topdi — ichimlik suvi tarmog‘i to‘liq qayta tiklanib, muassasa toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Slide 1 of 2