Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimligining Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat tadbiri natijalari bo‘yicha
янв.21
Tibbiy xizmat ko‘rsatish holati
янв.21
Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Qaror ijrosi o`rganildi
янв.21
Aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi!
янв.21
Ichimlik suvi quvuridagi nosozlik bartaraf etilmoqda
янв.21
Hamkorlik – amaliy natijalar sari muhim qadam!
янв.21
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganildi
янв.21
Ulug‘ yo‘l mahallasida aholi bandligi va tomorqa sug‘orish tizimi o‘rganildi
янв.21
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYA OLDI DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman Kengashi raisi F. Dadamatov, Kengash kotibiyati mudiri M. Berdiqulova, tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Akramov, doimiy komissiya raisi va a’zolari, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilish kun tartibida 2 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli Qarori ijrosi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli dasturni tasdiqlash masalalari yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Akramovning hisobotlari dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 6