Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hudud tinchligi — ustuvor vazifa: muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Qaror ijrosi amalda: o‘rganish natijalari
янв.21
Aholi muammolari – deputat e’tiborida: Boʻstin mahallasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o`rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimligining Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat tadbiri natijalari bo‘yicha
янв.21
Tibbiy xizmat ko‘rsatish holati
янв.21
Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Qaror ijrosi o`rganildi
янв.21
Aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi!
янв.21
Ichimlik suvi quvuridagi nosozlik bartaraf etilmoqda
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA HAMKORLIK — MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA

SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA HAMKORLIK — MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA

Navoiy shahar 13-Umid saylov okrugi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna joriy yilning 12 mart kuni Navoiy shahridagi 22-maktab binosida saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Mazkur uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishdan iborat boʻldi.Uchrashuv davomida deputat o‘z saylov okrugida olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ta’lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida ham so‘z yuritdi. Uchrashuv jarayonida saylovchilar tomonidan mahalla va hududda mavjud ayrim muammolar, jumladan, kommunal xizmatlar sifati, yo‘llar holati, obodonlashtirish ishlari hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savol va takliflar bildirildi. Deputat barcha murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida saylovchilarning taklif va tashabbuslari hududni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Deputat bunday uchrashuvlar aholi bilan doimiy muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladi. Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi hamda bunday uchrashuvlar muntazam ravishda davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 6