Mahallalarda sport inshootlari holati o‘rganilmoqda. Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida hududlardagi sport inshootlari holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-Changi saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna Parkent tumani sport maktabida bo‘lib, aholining sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport inshootlarining holati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida sport maktabida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Tadbir davomida sport turlari bo‘yicha mavjud anjomlar holati, sport to‘garaklari faoliyati hamda mashg‘ulotlar jarayoni ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan tuman sport maktabi mas’ullariga soha faoliyatini yanada yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport sohasini rivojlantirish borasida alohida chora-tadbirlarni belgilash zarurligi ta’kidlandi.