Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi bartaraf etildi
янв.21
Baxt mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari nazoratda
янв.21
2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati ostida gaz ta’minoti tizimidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Sayqal” mahallasida ichimlik suvi quvurlari bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
"Buyuk kelajak" MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat Yulduz Usmonova Bahor mahallasida yoshlar va aholi bandligi masalalarini o‘rgandi
янв.21
Gulistonda ijtimoiy reyestrdagi xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi
янв.21
Gulistonda elektr ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Obod yurt mahallasida obodonlashtirish ishlari jarayoni o‘rganildi
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 162-moddasiga asosan  

1. Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi 2026-yil 27-fevral kuni soat 15:00ga tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirilsin. 

   2. Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin. 

  1) Tuman Kengashi deputatlari, faol nuroniylar va aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarning muhokamasi to‘g‘risida. 

  2) Tuman mahalliy budjetining 2025-yildagi ijrosi to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari T.Uljayevning hisoboti 

 3) Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida. 

   4) Tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida. 

  5) Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining VII-5-027-7-93-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida. 

  6) Tuman hokimining 2026-yil 16-yanvardagi 18-7-93-Q/26-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 1