Tuman kengashi deputati 16-Qumrabot saylov okrugi deputati Sadullayev Baxrom Xayrillo o‘g‘li tomonidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoya masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bo‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ijtimoiy himoya ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.