O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan uchrashuv Yangiobod MFYda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati H.Sulaymonova tomonidan Murojaatnomadagi asosiy vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va mahallalarni rivojlantirishga qaratilgan ishlar haqida aholiga sodda va tushunarli ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv fuqarolarning islohotlarga qiziqishini oshirish va faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.