Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashining MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala Bandixon tumani 2025 yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya boshlig'i o'rinbosari S.Boboqulovning hisoboti komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida komissiya tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.